Roʻyxatlar va kalitlar
Keling, avval roʻyxatlarni JavaScriptda qanday oʻzgartirishni koʻramiz.
Quyidagi kodda, map()
funksiyasi yordamida numbers
massivini olib, qiymatlarini ikkiga koʻpaytirib boshqa doubled
oʻzgaruvchisiga oʻtkazyapmiz va loglayapmiz:
const numbers = [1, 2, 3, 4, 5];
const doubled = numbers.map((number) => number * 2);console.log(doubled);
Bu kod konsolga [2, 4, 6, 8, 10]
larni chiqaradi.
Reactʼda, massivlarni elementlar jamlanmasiga oʻzgartirish ham deyarli bir xil.
Bir nechta komponentlarni chizish
Elementlar jamlanmasini yaratib, jingalak qavslar {}
yordamida JSXʼni ichiga qoʻshib yubora olasiz.
Quyida, JavaScriptʼdagi map()
funksiyasi yordamida numbers
massivi ichidan yurib chiqamiz. Har bir narsa uchun

elementini qaytaramiz. Oxirida, elementlar jamlanmasini listItems
nomli oʻzgaruvchiga joylaymiz:
const numbers = [1, 2, 3, 4, 5];
const listItems = numbers.map((number) =>
{number}

So’ngra, listItems
massivini

elementi ichiga joylashtiramiz:

{listItems}

Bu kod birdan beshgacha boʻlgan sonlarni ekranga chiqazib beradi.
Oddiy roʻyxat komponenti
Odatda roʻyxatlarni komponent ichida chizasiz.
Oldingi misolni numbers
massivini qabul qilib elementlar jamlanmasini qaytaradigan qilib qayta yozsak boʻladi.
function NumberList(props) {
const numbers = props.numbers;
const listItems = numbers.map((number) =>
{number}
); return (

{listItems}

const numbers = [1, 2, 3, 4, 5];
const root = ReactDOM.createRoot(document.getElementById('root'));
root.render(<NumberList numbers={numbers} />);
Ushbu kodni ishga tushirganingizda, roʻyxat elementlari uchun kalit (key) berib yuborish kerakligi haqida ogohlantirish olasiz. “key” (kalit) - bu yozuv (string
) qabul qiladigan maxsus kiritma (prop). Bu nima uchun kerakligi haqida keyingi boʻlimda oʻrganamiz.
Qani endi roʻyxatdagi elementlarga numbers.map()
ichida key
kiritmasini (prop) qoʻshib, xatolikni toʻgʻirlaylik.
function NumberList(props) {
const numbers = props.numbers;
const listItems = numbers.map((number) =>

{number}

return (

{listItems}

Kalitlar
Kalitlar Reactʼga qaysi narsalar oʻzgargani, qoʻshilgani yoki olib tashlangani haqida aytib turadi. Kalitlar massiv ichidagi elementlarga bir-birlaridan farqni turgʻun saqlab turishlari uchun kerak:
const numbers = [1, 2, 3, 4, 5];
const listItems = numbers.map((number) =>

{number}

Kalit tanlashning eng yaxshi yoʻli narsani sheriklari ichida ajratib turadigan yozuvni (string
) ishlatish. Koʻpincha maʼlumotlaringizdagi IDʼlarni kalit (key) sifatida ishlatasiz:
const todoItems = todos.map((todo) =>

{todo.text}

Narsalarni chizish uchun turgʻun ID yoʻq paytlarda, narsaning turgan oʻrni sonini (index) oxirgi chora sifatida ishlatishingiz mumkin:
const todoItems = todos.map((todo, index) =>
// Only do this if items have no stable IDs
{todo.text}

Narsalarni joyi oʻzgarishi mumkin boʻlgan hollarda, turgan oʻrnini sonini (index) ishlatishni maslahat bermaymiz. Bu chaqqonlikka (performance) yomon taʼsir koʻrsatishi yoki komponent holatlari bilan muammo kelib chiqishi mumkin. Robin Pokorni tomonidan yozilgan maqolada, turgan oʻrni sonini kalit sifatida ishlatishni yomon tomonlari haqida chquur yoritilgan. Agar biror kalit berib yubormasangiz, React oʻzi ham turgan oʻrnini kalit sifatida ishlatadi.
Agar qiziqsangiz, bu yerda kalitlar nima uchun kerakligi haqida chuqurroq koʻproq narsa oʻqishingiz mumkin.
Komponentlarni kalitlar yordamida ajratish
Kalitlar faqat massivlar bilan ishlaganda kerak boʻladi.
Masalan, agar ListItem
degan komponent ajratib olsangiz, kalitni ListItem
ichidagi

elementiga emas, balki <ListItem />
da qoldirishingizga toʻgʻri keladi.
Misol: Kalitni notoʻgʻri ishlatilishi
function ListItem(props) {
const value = props.value;
return (
// Notoʻgʻri! Bu yerda kalit (key) kiritmasi kerak emas:
{value}

function NumberList(props) {
const numbers = props.numbers;
const listItems = numbers.map((number) =>
// Notoʻgʻri! Kalit (key) kiritmasi bu yerda yozilishi kerak edi: <ListItem value={number} /> );
return (

{listItems}

Misol: Kalitni toʻgʻri ishlatilishi
function ListItem(props) {
// Toʻgʻri! Bu yerda kalit (key) kiritmasi kerak emas: return
{props.value}

function NumberList(props) {
const numbers = props.numbers;
const listItems = numbers.map((number) =>
// Toʻgʻri! Kalit (key) kiritmasi massiv ichida ishlatilishi kerak: <ListItem key={number.toString()} value={number} /> );
return (

{listItems}

Bitta osongina qoida bor, map()
ichidagi elementlarga kalitlar kerak.
Kalitlar sheriklarinikidan boshqacha boʻlishi kerak
Bir massiv ichidagi kalitlar bir-biridan farqlanishi kerak holos. Kalitlar umumiy olib qaraganda har xil boʻlishi shart emas. Yaʼni, boshqa-boshqa massivlarni yaratishda bir xil kalitlarni qayta ishlata olamiz:
function Blog(props) {
const sidebar = (

{props.posts.map((post) =>

{post.title}

const content = props.posts.map((post) =>

{post.title}

{post.content}

return (

{sidebar}

{content}

const posts = [
{id: 1, title: 'Salom dunyo', content: 'Reactʼni oʻrganishga xush kelibsiz!'},
{id: 2, title: 'Oʻrnatish', content: 'Reactʼni npm orqali oʻrnata olasiz.'}

const root = ReactDOM.createRoot(document.getElementById('root'));
root.render(<Blog posts={posts} />);
Kalitlar React uchun ishoralar kabidir, yaʼni ular komponent ichiga berib yuborilmaydi. Agar sizga oʻsha qiymat kerak boʻlib qolsa, boshqa kiritma sifatida berib yuboring:
const content = posts.map((post) =>
<Post
key={post.id} id={post.id} title={post.title} />

Yuqoridagi misolda, Post
komponenti props.id
ni oʻqiy oladi, props.key
ni emas.
JSX ichida map()
bilan ishlash
Yuqoridagi misollarda, listItems
oʻzgaruvchisini yaratib, uni JSX ichiga berib yubordik:
function NumberList(props) {
const numbers = props.numbers;
const listItems = numbers.map((number) => <ListItem key={number.toString()} value={number} /> ); return (

{listItems}

JSX hohlagan ifodani jingalak qavslar ichiga joylashga ruxsat beradi va map()
qaytargan javobni bir qatorda yozib keta olamiz:
function NumberList(props) {
const numbers = props.numbers;
return (

{numbers.map((number) => <ListItem key={number.toString()} value={number} /> )}

Baʼzida bu yaxshiroq kod yozishga yordam beradi, biroq bu yozuv uslubi ham suistemol qilinishi mumkin. JavaScriptʼdagidek, kod yaxshi oʻqilishi uchun alohida oʻzgaruvchi ishlatish sizga bogʻliq. Eslab qolingki, agar map()
qaytaradigan element kattarib ketsa, yangi komponent yaratish yaxshi yechim boʻlishi mumkin.