Salom Dunyo

Reactdagi eng kichik namuna shu kabi ko’rinadi:

ReactDOM.render(
  <h1>Salom, dunyo!</h1>,
  document.getElementById('root')
);

Bu kod sahifada “Salom, dunyo” sarlovhasini ko’rsatadi

Try it on CodePen

Tepadagi havolaga bosib onlayn muharrirni ochishiz mumkin. Kodga o’zgartirishlar kiritib ko’ring va naitija qanday o’zgarishini ko’ring. Ushbu qo’llanmadagi ko’p sahifalarda shunga o’xshash tahrirlanadigan misollar mavjud.

Ushbu qo’llanmani qanday o’qish kerak

Bu qo’llanmada biz Reactni quruvchi blocklarini ko’rib chiqamiz: elementlar va komponentlar. Ularni o’zlashtirib qiyin ilovalarni kichik va qayta ishlatiladigan qismlardan yarata olasiz

Maslahat

Bu qo’llanma tushunchalarni qadam ba qadam o’rganishni afzal ko’radigan odamlar uchun mo’ljallangan. Agar siz amalda o’rganishni xoxlasangiz bizning amaliy o’quv qo’llanma bilan tanishing. Bu qo’llanma va amaliy o’quv qo’llanma bir birini to’ldiradi.

Bu Reactning asosiy tushunchalari to’g’risidagi qadam-ba-qadam qo’llanmaning birinchi bobi. Uning barcha boblari ro’yxatini navigatsiya panelida topishingiz mumkin. Agar siz buni mobil qurilmadan o’qiyotgan bo’lsangiz, navigatsiyaga ekranning pastki o’ng burchagidagi tugmachani bosib kirishingiz mumkin.

Ushbu qo’llanmadagi har bir bob oldingi boblarda berilgan bilimlarga asoslanadi. Reactning ko’p qismini “Asosiy tushunchalar” qo’llanmasi boblarini yon panelda ko’rsatilgan tartibda o’qib o’rganish mumkin. Misol uchun, “JSX bilan tanishish” bundan keyingi bob.

Kerakli bilim darajasi

React JavaScript kutubxonasi xisoblanadi, shuning uchun biz sizni JavaScript tili haqida asosiy tushunchangiz bor deb taxmin qilamiz. Agar o’zingizni ishonchsiz his qilsangiz, bilimlaringizni sinab ko’rish uchun JavaScriptga kirish darsini o’qishni maslahat beramiz u sizni bu qo’llanmani o’qishni osonlashtiradi. Bu 30 daqiqadan bir soatgacha vaqtni olishi mumkin, ammo natijada bir vaqtning o’zida React va JavaScriptni o’rganayotgandek his qilishingiz kerak bo’lmaydi.

Eslatma

Bu qo’llanmaning bazi misollarida Javascriptning yangi sintaksisi ishlatilgan. Agar siz oxirgi bir necha yil Javascript bilan ishlamagan bo’lsangiz, shu uchta punkt sizga yordam berishi kerak.

Qani boshladik!

Qo’llanmani keyingi bobiga o’tish uchun sahifani pastga aylantiring.