Foydalanuvchi interfeyslarini yaratish uchun JavaScript kutubxonasi
Reakt interfaol foydalanuvchi interfeyslar(UI)ni qiyinchiliksiz yaratish imkoni beradi. Ilovangizdagi har bir holat uchun oddiy ko’rinishni loyihalashtiring va React sizning ma’lumotlaringizni faqat o’zgartirgan tarkibiy qismlarni belgilab ularni samarali ravishda yangilaydi.
Deklarativ ko’rinishlar sizning kodingizni oldindan bashorat qilish va xatoliklarni onsonroq aniqlashga yordam beradi.
O’zining holatini boshqaradigan, keyin ularni murakkab UI ni yaratishda ishlatadigan enkapsulyatsiya qilingan komponentlar quring.
Kopmonent logikasi shablonlarda emas balki JavaSciptda yozilgani sababli, ilovangizdagi boy ma’lumotlarni osongina uzatish va DOM ning holatini dahilsizligini ham saqlab qolasiz.
Biz sizning boshqa texnologiya to’plamingiz haqida har xil taxminlar qilmaymiz, shuning uchun mavjud kodni qayta yozmasdan React da yangi imkoniy(xususiyat)lar yartishishga imkon beradi.
Shuningdek React Node dan foydalangan holda server da va React Native dan foydalangan holda mobil ilovalarda ishlatiladi.
React komponentlari render()
metodidan foydalangan holda kirish ma’lumotini oladi va ularni ekranga chiqaradi. Quydagi misol JSX deb ataladigan XML ga o’xshash sintaksisdan foydalanadi. Komponentga uzatilgan kirish ma’lumotlari render()
tomonidan this.props
orqali foydalanish imkonini beradi.
React da JSX dan foydalanish ixtiyoriy va foydalanishiga majbur emassiz. JSX orqali yozilgan soft JavaScript kodini ko’rish uchun Babel REPL orqali sinab ko’ring.
Kirish ma’lumotlarini(this.props
orqali kiradigan) olishdan tashqari, komponent ichki holat ma’lumotlari(this.state
orqali kiradigan)ni ham boshqara oladi. Qachon komponentning holati(ya’ni state) o’zgarganda, chizib bo’lingan verstka render()
ni qayta chaqirish orqali yangilanadi.
props
va state
dan foydalanib, biz kichik Todo ilovasini yaratamiz. Ushbu misol mavjud ro’yxatni hamda foydalanuvchi tomonidan kiritilgan matnlarni kuzatishda state
dan foydalanadi. Event handler hodisalari chiziqli bo’lishiga qaramssdan, aslida ular event delegation orqali to’planadi va amalga oshiriladi.
React boshqa kutubxonalar va freymvorklar bilash ishlashga imkon beradi. Ushbu misolda <textarea>
ni qiymatini doimiy o’girish uchun remarkable tashqi Markdown kutubxonasidan foydalanilgan.